O‘zbekiston | 10:37 / 15.06.2021
3484
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda jinoyat sodir etib qochib yurgan shaxs Zarafshon shahrida ushlandi

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan firibgarlikda ayblanib qidiruv e'lon qilingan shaxs Zarafshon shahrida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi tomonidan 2021 yil 16 aprel kuni JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, sud idoralaridan yashirinib yurgan Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan N.S.ga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxs Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashirinib yurgan manzili aniqlanib, ushlangan hamda viloyat IIB PPX va JTSB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur shaxs avval ham firibgarlik jinoyatini sodir qilgani uchun sudlangan.

Buxoroda xorijiy korxonaga ishga joylashni aytib, 10 ming dollar talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoroda qidiruvda bo‘lgan firibgar Toshkentda qo‘lga olindi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid