Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus-Aqtau-Nukus yo‘nalishida muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airways 21 iyundan boshlab Nukus—Aqtau—Nukus yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yo‘nalishda parvozlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Nukus—Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 093 000 so‘mdan boshlanadi, Nukus—Aqtau—Nukus bo‘yicha esa 1 869 000 so‘mdan boshlanadi.
Shuningdek, Uzbekistan Airways Urganch—Aqtau—Urganch yo‘nalishida ham haftasiga ikki marotaba: dushanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Aviachipta narxlari 2021 yil 16 may holatiga ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning martida Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi Aqtau–Urganch–Aqtau yo‘nalishida ilk parvozini amalga oshirgandi. 9 iyun kuni Samarqand aeroporti birinchi marta Olmaotadan reys qabul qildi.
Mavzuga oid
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi
19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
19:40 / 14.03.2025