O‘zbekiston | 11:23 / 18.06.2021
2217
1 daqiqa o‘qiladi

Angren shahrida 10 tonna spirtli ichimliklar noqonuniy savdosi oldi olindi

Angren shahrida spirtli ichimliklar noqonuniy aylanmasining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Angren shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “S.” MChJ rahbari D. I. va fuqaro A. S.lar oldindan til biriktirib, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 tonna spirt mahsulotini har bir litrini 28 ming so‘mdan hisoblab fuqaro O‘.ga 280 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186¹-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid