O‘zbekiston | 08:34 / 18.06.2021
13186
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma'lum qilindi

O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5 oyda 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotida aytilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga (1,8 mlrd dollar) nisbatan 43 foizga, 2019 yilning mos davriga (2 mlrd dollar) nisbatan 30 foizga o‘sdi hamda aholining iste'mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning yanvar-may oylarida eksportdan tushumlar hajmi (oltin va gazni hisobga olmaganda) 3,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yil mos davridagi ko‘rsatkichdan (2,5 mlrd dollar) 1,5 barobarga, 2019 yildagi ko‘rsatkichdan (2,8 mlrd dollar) 39 foizga yuqori bo‘ldi.
 
Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, ushbu omillar, o‘z navbatida, ichki valuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Yilning dastlabki besh oyi davomida so‘m almashuv kursi 10 455-10 610 so‘m/AQSh dollari oralig‘ida tebranib turdi. 

Mavzuga oid