Pokiston o‘z harbiy bazalarini MRBga hech qachon taqdim etmasligini bildirdi
Qayd etilishicha, Pokiston bosh vaziri Imron Xon mamlakatning AQSh bilan terrorizmga qarshi sohada hamkorlik qilishiga anchadan buyon qarshi chiqib keladi.
Pokiston o‘z harbiy bazalarini «Al-Qoida», IShID va «Tolibon»ga qarshi operatsiyalar o‘tkazish uchun AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga bermaydi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon Axios portaliga bergan intervyusida aytdi.
U terrorizmga qarshi operatsiyalar uchun harbiy bazalar AQShga taqdim etilishi imkoniyati to‘g‘risidagi savolga «Aslo» deb javob qaytardi.
«Biz MRBga qandaydir bazamizni bermoqchi emasmiz, Afg‘onistonga Pokiston hududidan biror harakat amalga oshirilishiga ruxsat bermaymiz. Aslo», dedi Xon.
Axios portalining qayd etishicha, Xon Pokistonning AQSh bilan terrorizmga qarshi sohada hamkorlik qilishiga anchadan buyon qarshi chiqib keladi.
Avvalroq Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy mamlakat hududidagi harbiy bazalarini AQShga taqdim etmasligini ma'lum qilgandi.
May oyida Wall Street Journal va The New York Times nashrlarida AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketishi yoki ular sonining keskin qisqartirilishi munosabati bilan mintaqada kelgusidagi harbiy amaliyotlarni o‘tkazish huquqini olish maqsadida Pentagon rasmiylari Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
12:52 / 08.11.2024
Pokiston O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalarini tashkil etishi mumkin
11:27 / 07.11.2024