Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik ayol Sherobod bozorida o‘g‘irlik qildi
Sherobodda ikkita ayolning sumkasini o‘g‘irlagan qashqadaryolik ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat IIB xabar bermoqda.
Tafsilotlarga ko‘ra, H.G. IIBga murojaat qilib, 22 may kuni soat 11:20larda Sherobod tumanidagi Dehqon bozorida joylashgan savdo rastasida savdo qilib turganida, notanish ayol sumkasi, «Samsung J-2» telefoni, 2 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, T.B. sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.
T.B. 2020 yilning 22 oktabr kuni Sherobod tumanining Xo‘jgi mahallasida yashovchi, T.S.ning savdo do‘konidan ichida 825 ming so‘mi bo‘lgan sumkani ham o‘g‘irlagan.
Ushbu holatlar bo‘yicha T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
18:19 / 13.01.2025