Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusga qarshi bir milliard dozadan ortiq vaksina qo‘llandi
Butun dunyodagi koronavirusga qarshi emlanganlarning uchdan bir qismi Xitoyga to‘g‘ri keladi.
Xitoyda bir milliard dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo‘llandi - butun dunyodagi emlanish holatlarining uchdan bir qismi ushbu mamlakatga to‘g‘ri keladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Ma'lumot berilishicha, Xitoy hukumati iyulgacha aholining 40 foizini to‘liq emlashni rejalashtirgan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga ko‘ra, 2021 yil oxirigacha aholining 70 foizini to‘liq emlab bo‘lish asosiy maqsad hisoblanadi.
Hindcha shtamm aniqlanganidan so‘ng Xitoyda vaksinatsiya sur'ati tezlashdi. Xitoyliklarga Sinopharm va Sinovac vaksinalari taklif qilinmoqda, har ikki vaksina ikki dozadan iborat.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025