Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda birovning xonadoniga o‘g‘irlikka tushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoro shahrida xonadonlardan biriga o‘g‘irlikka tushgan 47 yoshli erkak va uning toshkentlik sheriklari ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahar ichki ishlar boshqarmasiga Mutal Burxonov mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida o‘g‘irlik sodir bo‘lgani hamda bir qancha tilla taqinchoqlar, naqd pul va noutbuk, jami qiymati qariyb 60 million so‘mni tashkil qiladigan mulk o‘g‘irlab ketilgani haqida murojaat qilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahrining Piridastgir mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.S. sodir etganligi aniqlangan. Shuningdek, u o‘ziga jinoiy sherik sifatida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi ikki nafar yigitni qo‘shib olganligi ma'lum bo‘lgan.
Ayni paytda jinoiy guruhning boshqa o‘g‘riliklarga aloqadorligi yuzasidan surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
15:43 / 13.05.2025
Taganskaya uyushgan jinoiy guruhi rahbari 25 yilga qamaldi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025