Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyoj ixtiroga yo‘l ochdi: nukuslik yigit o‘zi tebranadigan beshik yasadi
Qoraqalpog‘istonlik dasturchi yigitlardan biri o‘z rafiqasi va onasi chaqaloq farzandiga qarashda qiynalmasligi uchun o‘zi tebranadigan «smart-beshik» yaratdi. Bu uchun ixtirochi yigit 1 million so‘m xarajat qilgan.
Ixtirochi Sharapat Kalabayevning onasi Gulxan Qosjyeterovaning 7 nafar nevarasi bor. Sharapatning o‘zi IT sohasida faoliyat yuritadi. Ayni paytda ayaning ikki kelini talaba. U ba'zida nevaralariga qarashga ulgurmay qolardi. Shu sababli dasturchi o‘g‘li do‘sti yordamida unga «smart-beshik» yasab berdi.
«7 nafar nevaram bor. Ularning ikkisi beshikda yotadi, chaqaloq. Ba'zan ularga qarashga ulgurolmayman, ikki kelinim ham talaba. Shundan keyin o‘g‘lim o‘zi chayqaladigan beshik yasab berdi. Yaxshi bo‘ldi, qo‘lim ancha uzaydi. Beshikni tokka qo‘shib, boshqa ishlarimni qilaveraman. Endi o‘g‘limdan beshikni sekin, tez va o‘rtacha chayqaladigan qilib berishini so‘rayman», deydi Gulxan Qosjyeterova.
O‘zi harakatlanadigan beshikni loyihalagan Sharapat Kalabayev va Muhammedsaqiy Turg‘anbayev uni 5 kun davomida yasab tugatgan. Beshik 12 volt tokda ishlaydi. TexnoPOS IT maktabida yaratilgan «aqlli» beshik maxsus tugmacha orqali harakatga keladi. Dastlabki variant biroz tez tebranadi, uni sekinroq tebranadigan qilish ham mumkin.
Bunday beshik hali O‘zbekistonda yaratilmagan. Beshikda qo‘shimcha 4 ta podshipnik, 1 ta quvvatlanish bloki bor. U «Nexia-2» avtomobilining oyna ko‘targich motori yordamida tebranadi.
Beshikni yasash uchun ixtirochilar 1 million so‘m sarflagan. Ular beshikka yangi funksiyalar qo‘shish ustida ishlamoqda. Rejaga ko‘ra, yangilanadigan beshik bolaning va uy haroratini ko‘rsatadi, o‘zi alla aytadi.






Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.
Mavzuga oid
16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
17:49 / 09.01.2025