Jamiyat | 16:58 / 21.06.2021
2408
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 3500 dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqarolardan birining farzandini 3500 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX G‘allaorol tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O‘.ning ishonchiga kirib firibgarlik qilgan fuqaro I.I. ushlangan.

Qayd etilishicha, u O‘.ning farzandini O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 500 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid