Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish imtihoni pulli bo‘ladi
Xorijdagi oliygohlardan O‘zbekistondagi OTMga o‘qishni ko‘chirish maqsadida test topshirish uchun to‘lov joriy qilinadi.
OTMlarga qabul mavzusida oliy ta'lim vaziri, xalq ta'limi vaziri va DTM direktori ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, xorijdan o‘qishni ko‘chirishdagi test topshiriqlari uchun to‘lov joriy qilinmoqda.
“Xorijiy OTMlardan O‘zbekiston OTMlariga kelib, o‘qishni ko‘chirish istagini bildirganlarga test topshiriqlari shakllantiriladi. Bularga o‘sha avvalgi 2020 yilda qanaqa tartibda test topshiriq bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu test materiallari bo‘yicha to‘lovli test o‘tkaziladi.
Shaffoflik o‘sha biz tanlagan katta binolarda kuzatuv kameralari orqali, o‘zimizning an'anaviy test qanaqa bo‘ladigan bo‘lsa, xuddi shunaqa sharoitda bo‘ladi”, – dedi DTM rahbari.
O‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15 iyuldan boshlanadi.
Mavzuga oid
21:42 / 22.12.2024
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
17:27 / 12.08.2024
O‘qishni ko‘chirish testlarida qatnashishga 44 mingga yaqin talabgorga ruxsat berildi
23:35 / 13.07.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
14:46 / 19.09.2023