Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qandli diabetni davolaydigan maxsus poyabzal ishlab chiqariladi
22 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay'at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan startap loyihasi muhokama qilindi.

Ma'lum qilinishicha, «Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzalning samarali texnologiyasini yaratish va konstruksiyasini ishlab chiqish» loyihasi ustida yosh olima tadqiqot olib borgan.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi Madina Muhammedova tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyihani 313,2 million so‘mga moliyalashtirish qaror qilindi. Loyihani «Shoes and healthy feet» MChJ korxonasi Buxoro shahri va Romitan tumani hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Poyabzal qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar tovonidagi deformatsiyaning kelib chiqishini oldi oladi va profilaktik poyabzalni qo‘llash orqali tovondagi qorason kasalligini jadallashuvini 45 foizga kamaytiradi.
Mavzuga oid
22:26 / 30.05.2024
Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib II turdagi qandli diabetga chalingan bemorni davoladi
15:15 / 20.09.2023
O‘zbekiston AQShga maktab poyabzallari yetkazib beradi
16:13 / 30.06.2023
2050 yilda qandli diabetga chalinganlar soni 1,3 milliardga yetishi mumkin – The Lancet
17:34 / 26.05.2023