Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy dunyo turizm xaritasi tuziladi
Kecha, 24 iyun kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishida Turkiy dunyo turizm xaritasini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu xaritaga turkiy davlatlardagi asosiy tarixiy, madaniy va turistik yo‘nalishlar kiritiladi.
Turkiy dunyo turizm xaritasi Turkiy kengashga a'zo mamlakatlarning asosiy turizm yo‘nalishlarini belgilab beruvchi etalon loyiha bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Turkiy kengash turizm masalalari vazirlari prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan avvalroq ilgari surilgan Turkiy kengashga a'zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish masalasini ham muhokama qildilar va o‘z mamlakatlaridagi eng mashhur qadamjolarni ushbu loyihaga kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025