Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Air India» O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi
“Air India” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Hindistonning "Air India" aviakompaniyasiga 2021 yil 25 iyunda 11-K sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Ushbu ruxsatnomaga muvofiq "Air India" aviakompaniyasi O‘zbekistonga Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-214 va Airbus 320-251N havo kemalarida bajaradi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025