O‘zbekiston | 17:36 / 26.06.2021
4691
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda poyezd vagoni ustiga chiqqan 13 yoshli bolani tok urdi

Andijon viloyati Izboskan tumanida poyezd vagoni ustiga chiqqan 13 yashar bolani tok urgan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha,  24 iyun kuni soat 19:27larda Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasiga Poytug‘ temir yo‘l bekati boshlig‘i to‘xtab turgan vagon ustiga chiqqan fuqaroni yuqori kuchlanishli elektr toki urgani haqida xabar bergan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, vagon ustiga chiqqan shaxs Izboskan tumani, Poytug‘ shahrida yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Ch.T. ekanligi aniqlangan. Qayd etilishicha, Ch.T. vagon tepasiga chiqqanida ehtiyotsizlik qilgan va uni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Shundan so‘ng, unga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, Poytug‘ tuman tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar Ch.T.ga 1-,2-,3-,4-darajada kuyish, bo‘yin, yuz, ikki qo‘l, tana oralig‘i hamda ikkala oyoqning 80 foiz kuyish jarohati, o‘ta og‘ir darajadagi kuyish shoki tashxisini qo‘yishgan. Bemorning ahvoli og‘ir deb baholangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid