Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada prezident vertolyoti o‘qqa tutildi
Kolumbiyada bortida mamlakat prezidenti Ivan Duke bo‘lgan vertolyot noma'lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, prezidentga zarar yetmagan.
Noticias Caracol nashrining xabar berishicha, Duke bilan birga vertolyotda mudofaa, ichki ishlar vazirlari, Shimoliy Santander departamenti gubernatori va Kukuta shahri meri bo‘lgan. Hujum oqibatida hech kimga zarar yetmagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Duke vertolyoti Sardinata munitsipalitetini tark etib, Kukutaga qo‘nayotganda unga kamida 6ta o‘q uzilgan. Hujum joyida ikkita AK-47 avtomati va gilzalar topilgan. Ta'kidlanishicha, avtomatlardan birida Venesuela qurolli kuchlari belgisi bo‘lgan.
Kolumbiya prezidenti vertolyot hujumga uchraganini tasdiqlagan.
Kolumbiya hukumati Duke vertolyotiga hujum qilganlar haqidagi ma'lumot uchun 3 mlrd peso (800 ming dollar) mukofot puli taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyada may oyida soliq islohotlariga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi. Ular davomida 40dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
18:07 / 19.03.2025