Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirusning lyambda-shtammi tarqaldi
Mutatsiya dastlab Peru, Chili, Ekvador va Argentinada aniqlangandi.
Buyuk Britaniyada koronavirusning lyambda-shtammini yuqtirish holatlari qayd etildi. Bu haqda Express gazetasi Angliya jamoat sog‘liqni saqlash agentligiga tayanib xabar berdi.
Mutatsiya dastlab Peru, Chili, Ekvador va Argentinada aniqlangandi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, uning simptomlari ham yuqori harorat, tinimsiz yo‘talish, hid va ta'm bilishning yo‘qolishidir.
Iyun oxirlarida koronavirusning lyambda-shtammi Braziliyada aniqlangandi.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, lyambda-shtammi virusning yuqumlilik xususiyatini oshiruvchi yoki uning antitanalarga chidamliligini kuchaytiruvchi mutatsiyaga ega, ammo yangi shtamm to‘g‘risidagi ma'lumotlar hozircha yetarli emas.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021