Jahon | 17:33 / 29.06.2021
9790
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Moskvada Putin bilan uchrashadi

Foto: sputniknews.kz

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 iyun kuni Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar berilgan.

Manbada aytilishicha, Nazarboyev Moskvada ishchi tashrif bilan bo‘ladi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, kun tartibidan Yevroosiyodagi integratsiyalashuv va boshqa xalqaro mavzular muhokamasi o‘rin olgan.

Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibayning Tvitterdagi sahifasida yozishicha, uchrashuvda Putin va Nazarboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining rivojlanish istiqbolini muhokama qiladi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid