O‘zbekiston | 12:21 / 29.06.2021
1955
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda soxta PSR test natijalarini pullayotgan shaxs aniqlandi

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qalbaki PSR test natijalarini sotgan shaxs qo‘lga olingan. 

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 21 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda XTB Nukus xalqaro ayeroporti xodimlari tomonidan «Nukus–Aqtau» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketmoqchi bo‘lgan 3 nafar shaxsning hujjatlari tekshirilganida, qo‘lidagi PSR test ma'lumotnomasi soxta ekanligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar hech qanday test tahlili topshirmasdan Chimboy tumanida yashovchi B. ismli tanishi orqali PTSR qog‘ozini 150 mingdan jami 450 ming so‘mga sotib olganligi ma'lum bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq To‘rtko‘lda 2,5 ming dollarni totalizatorga yutqazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid