Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov Dushanbeda Imomali Rahmon bilan uchrashdi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 28 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga bordi. Japarovni Dushanbe xalqaro aeroportida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda kutib oldi.

Bugun, 29 iyun kuni Japarov «Qasri millat» qarorgohida tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan uchrashdi. U yerda Japarovni rasman kutib olish marosimi o‘tkazilib, ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Keyin har ikki mamlakat prezidentlari hamkasblariga o‘z delegatsiyasini tanishtirdi.

Japarov tashrifining asosiy qismi tet-a-tet ko‘rinishida o‘tdi. Unda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari o‘zaro munosabatlar, mamlakat chegarasidagi holatni muhokama qilgan.
Uchrashuv davomida Japarov 28-30 aprel kunlari ikki mamlakat chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarni yodgan oldi: «Alohida ta'kidlamoqchiman, ikki mamlakat ham bundan keyin qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Biz qardosh millatlarmiz, doim yaxshi qo‘shnichilik munosabatini o‘rnatganmiz», degan Qirg‘iziston prezidenti.

Aprel oyining oxirlarida Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgandi. Janglarda rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra Qirg‘iziston tomondan 36 kishi, Tojikistondan 19 kishi halok bo‘lgan.


Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
21:21 / 03.04.2025