Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘ladi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro Q.F.dan undiruvchi S.N.ga ikki nafar farzandning moddiy ta'minoti uchun daromadning uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Bu holat bo‘yicha MIB Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Ammo qarzdor ota anchadan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.
Hozirda muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda, Byuroning shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan so‘ng, MIB xodimlari qarzdor Q.F. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazib, farzandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.
Bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta'minotini o‘ylab, ular voyaga yetguniga qadar hisoblangan 260 million so‘m pulni birdaniga to‘lab bergan. Tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
16:17 / 02.11.2024