Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bali yaqinida bortida 56 kishi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi
Indoneziyaning Bali oroli yaqinida bortida 56 kishi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.
Antara axborot agentligining xabar berishicha, halok bo‘lganlar jasadlari ekspertiza o‘tkazish uchun davlat shifoxonasiga jo‘natilgan.
Mahalliy politsiya boshlig‘ining ta'kidlashicha, kemada 41 yo‘lovchi va ekipajning 15 a'zosi bo‘lgan. Baxsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 19:06da Bali bo‘g‘ozida yuz bergan.
Indoneziya transport departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyidan 44 kishi evakuatsiya qilingan.
Jasa Raharja sug‘urta kompaniyasi jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lashini ma'lum qilgan. Indoneziya qonunlariga ko‘ra, halokat qurbonlari merosxo‘rlari 50 mln (3,5 ming dollar), jabrlanuvchilar esa 20 mln Indoneziya rupiysi olishlari kerak.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
20:05 / 05.05.2025