Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan maydonni yoqib yuborgan shaxslarga chora ko‘rildi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonni yoqib yuborgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Unda tumanning Yangiyer mahallasida yashovchi fuqarolar A.Z., X.M. va E.P. tomonidan «Azizbek Donayev» fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yer maydonidagi somon qoldiqlari yoqib yuborilgani aniqlangan.

Ular o‘z xatti-harakatlari bilan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzgan va tabiatga zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan 735 ming so‘m ma'muriy jarima belgilangan.

Mavzuga oid
12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
11:19 / 05.10.2024
Surxondaryo suv ta’minoti korxonasining uch xodimi qutqarildi
10:09 / 24.03.2024
Qumqo‘rg‘onda sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryo viloyatidagi barcha tumanlardan yordam chaqirildi
19:03 / 30.11.2023