Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada kuchli do‘l yog‘di. Uning balandligi 60 santimetrga yetgan
Fransiya sharqida 29 iyunda kuchli momaqaldiroqdan keyin ko‘plab aholi punktlari 60 santimetr balandlikda do‘l bilan qoplandi. Yomon ob-havo markazida Vogeza departamentida joylashgan Plomber-le-Ben shahri qoldi.
Mahalliy aholi belkuraklar va qorni tozalovchi qurilmalar bilan muz uyumlarini tozalashlariga to‘g‘ri keldi.

Ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli shahar yaqinidagi trassada harakat deyarli to‘xtab qolgan. Bundan tashqari, do‘l drenaj tizimlarini yopib qo‘ygan va buning oqibatida toshqinlar yuzaga kelgan.

Fransiyadan tashqari, Germaniya va Shveytsariyaning bir qismi ham kuchli yomg‘ir, do‘l va bo‘ron iskanjasida qolgan. Germaniyada bir nechta avtomobil tunnellari toshqin ostida qolgan, Shtutgartda esa temir yo‘l aloqasi to‘xtagan.

Shveytsariyaning Lyutsern kantonida diametri 7 sm keladigan do‘l yog‘gan. Buning oqibatida kamida 5 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.

Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025