Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda katta tezlikda harakatlanib kelgan «Lasetti» beton simyog‘ochga urildi
Joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent halqa yo‘li, “Turkiston” kafesi qarshisida haydovchi "Lasetti" rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan piyodalarni urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan.

Keskin burilish oqibatida avtomobil avval piyodalar belgisiga, so‘ng beton simyog‘ochga borib urilgan. Beton simyog‘ochning parchalari yo‘lning narigi tomonidan harakatlanib kelayotgan "Spark" rusumli avtomobilga tekkan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025