Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekiston eksportida yetakchilik qilmoqda
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, dastlabki besh oyda Xitoy O‘zbekiston eksportida yetakchilik qilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar o‘nligini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 835,4 mln dollarlik eksport bilan Xitoy birinchi pog‘onani egallagan. Shuningdek, Turkiya (694,1 mln) va Rossiya (658,6 mln) ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini band qilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston eksportidagi yetakchi davlatlar o‘nligidan quyidagilar o‘rin olgan:
-Qozog‘iston – 442,0 mln.
- Afg‘oniston – 296,3 mln.
- Qirg‘iz R. – 273,0 mln.
- Tojikiston – 153,8 mln.
- Kanada – 84,8 mln.
- Eron – 81,6 mln.
- Ukraina – 68,7 mln. AQSh dollari
2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 5,7 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Avvalroq, Statqo‘m 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 258ta tug‘ilish holati qayd etilib, hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025