Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Ahmad Shoh Mas'ud qarorgohini egallab olishdi
Toliblar otryadi Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi Tahor viloyati Farhor tumanidagi Ahmad Shoh Mas'udning tarixiy qarorgohi “Chamani Xustdex”ni egallab olishdi.
“Tolibon” jangarilari tarixiy binoni qo‘lga kiritgach, unda namoyishkorona tarzda yig‘ilish o‘tkazishgan.
“Chamani Xustdex” Ahmad Shoh Mas'ud o‘z bosh qarorgohi sifatida foydalangan asosiy nuqtalardan biri bo‘lgan. Ayni vaqtda qarorgohdan muzey sifatida ham foydalanilgan: unda ko‘plab harbiy aslaha-anjomlar va esdalik buyumlari saqlangan.
Ahmad Shoh Mas'ud tojik millatiga mansub afg‘on dala qo‘mondoni bo‘lib, Afg‘onistondagi urush vaqtida sobiq ittifoq qo‘shinlariga qarshi kurash olib borgan. 1992-1996 yillarda Afg‘oniston mudofaa vaziri lavozimini egallagan.
Sobiq ittifoq va Afg‘oniston hukumati qo‘shinlari Mas'ud kuchlariga qarshi 9ta harbiy amaliyot o‘tkazgan. Ulardan birining o‘zida Afg‘onistonning 2600 nafar va sobiq ittifoqning 11 ming harbiysi ishtirok etgan, 390ta samolyot va vertolyot, 39ta artilleriya batareyasi qo‘llangan. Ushbu amaliyotlar vaqtida ba'zi muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa-da, mujohidlar qo‘mondonini yengishning uddasidan chiqilmagan. Shundan keyin Mas'ud “panjsherlik sher” laqabini olgan.
2001 yil 9 sentyabrda Mas'udga intervyu vaqtida o‘zini jurnalistlar qilib ko‘rsatgan ikki terrorchi-xudkush suiqasd uyushtirgan. Terrorchilar hujumni videokameraga yashirilgan portlovchi modda yordamida amalga oshirishgan. Ahmad Shoh Mas'ud suiqasd vaqtida olgan jarohatlari oqibatida 10 sentyabrda 48 yoshida vafot etgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025