Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar 140 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi
Jangarilar hujumi vaqtida maktabda 165 nafar o‘quvchi bo‘lgan, ulardan 25 nafari qochib qutulgan.
Nigeriya shimolidagi Kaduna shtatida qurollangan shaxslar maktab-internatga hujum uyushtirdi va 140 nafar o‘quvchini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Africa News xabar bermoqda.
«Hujum vaqtida yotoqxona binosida 165 nafar o‘quvchi bo‘lgan. Hujum qilganlar 140 nafar o‘quvchini o‘zlari bilan olib ketgan. O‘quvchilarning 25 nafari qutulib qolgan», dedi maktab o‘qituvchisi Emmanuel Pol.
Qayd etilishicha, politsiya jangarilarni ta'qib qilgan va 17 nafar o‘quvchini ular qo‘lidan qutqarib olgan.
May oyi oxirlarida jangarilar Niger shtatining Tegina shahridagi maktab-internatga hujum qilib, u yerdan 200ga yaqin o‘quvchini o‘g‘irlab ketgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2020 yil dekabridan beri 730 o‘quvchi va talaba o‘g‘irlab ketilgan. Shu sababli Nigeriya shimolida mart oyidan beri 600dan ko‘proq maktab yopilgan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025