Jahon | 22:23 / 07.07.2021
20061
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natadi

Avvalroq KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i Anatoliy Sidorov Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni baholash uchun tezkor guruh bilan Tojikistonga kelgandi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natadi, chegarani yanada mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qiladi. Bu haqda Tojikistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi (KXShT) vakili Hasan Sultonov ma'lum qildi.

Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat xavfsizlik kengashi a'zolariga, kuch ishlatish tuzilmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga tojik-afg‘on chegarasidagi millat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirig‘ini bergan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashda KXShT yordamiga umid qilmoqda – chegaraning ayrim uchastkalari borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda joylashgan.

«Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga ega Tojikiston bu mamlakatdan keladigan xatarlarga qarshi choralar ko‘rmoqda. Mintaqadagi vaziyat hamda chegaraning ayrim uchastkalari borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda joylashganini hisobga olgan holda, bu vazifani yakka holda amalga oshirish qiyin», dedi Sultonov.

Avvalroq KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i Anatoliy Sidorov Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni baholash uchun tezkor guruh bilan Tojikistonga kelgandi.

KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid