Lavrov Rossiya qaysi hollarda afg‘on urushiga aralashishi mumkinligini aytdi
“Tolibon” harakati Afg‘onistondan Rossiya va Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlarga hujum qilish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qilgan.
Rossiya toliblarning jangovar harakatlari Afg‘oniston hududida davom etgan taqdirda bu urushga aralashmaydi, ammo to‘qnashuvlarning Tojikistonga o‘tishi ehtimolidan xavotirda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Toliblar Eron, Tojikiston bilan chegaralardagi postlarni egalladi – bu hozircha Afg‘oniston hududida sodir bo‘lmoqda, biz siyosiy jarayonlarga chaqirishdan boshqa hech qanday chora ko‘rmaymiz", – dedi u.
Hozirda Afg‘oniston hududini o‘z nazorati ostiga olayotgan harakat vakillari Moskvada muzokaralar o‘tkazmoqda. Kreml ayni vaqtda bu muzokaralar muhim ekanligini qayd etdi.
"Afg‘oniston hududida sodir bo‘layotgan voqealar ittifoqchilarimiz hududiga ko‘chib o‘tishi nuqtai nazaridan bizni tashvishlantirmoqda", – deb qo‘shib qo‘ydi Lavrov.
Avvalroq Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Tolibon” vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda Rossiya Afg‘oniston shimolida vaziyat keskinlashganidan xavotir bildirayotganini va ushbu holat mamlakat tashqarisiga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishini aytgandi.
Bunga javoban “Tolibon” harakati Afg‘onistondan Rossiya va Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlarga hujum qilish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qilgan. Shuningdek, harakat Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegaraga hujum qilmaslikka va'da bergan.
Mavzuga oid
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024