Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota 100 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida qarzdor ota farzandlari uchun 100 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro Sh.A.dan undiruvchi G.S.ga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadning to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Ammo fuqaro Sh.A. aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan. MIB xodimlari tomonidan qarzdor Sh.A.ga tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi ta'minotini o‘ylab, voyaga yetgunga qadar bo‘lgan qarzi 100 million 843 ming so‘m pulni to‘lab bergan. Tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
10:17 / 03.12.2024