Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Lada» mashinasi yonib ketdi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida mashina yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, fuqarolardan biriga tegishli «Lada-Samara-115» rusumli mashina yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun 10 iyul kuni soat taxminan 11.40larda Shahrisabz tumani Chorshanbe qishlog‘ida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalaridan birida «Lada-Samara-115» rusumli mashina yonib ketgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, yonib ketgan mashina Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida yashovchi B.L.ga tegishli bo‘lgan va mashinaga texnik xizmat ko‘rsatilayotgan vaqtda yong‘in kelib chiqqan. Yong‘indan hech kim kuyish tan jarohatini olmagan va bino hamda inshootlarga zarar yetmagan.
Ta'kidlanishicha, hodisa bo‘yicha Shahrisabz tumani FVB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:58 / 08.11.2024
Qashqadaryoda 28 yoshli ayol antibiotikdan keyin vafot etdi
08:32 / 11.07.2024
Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol 7,5 yilga qamaldi
19:06 / 16.01.2024
Qashqadaryoda yana bir erta unashtiruv to‘xtatildi
10:13 / 28.08.2022