Jamiyat | 15:34 / 12.07.2021
7754
1 daqiqa o‘qiladi

«Chiroyli» avtoraqamlar savdosi bo‘yicha 6 oylik hisobot berildi

O‘zbekistonda yarim yil davomida sotilgan «chiroyli» avtoraqamlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi.

2021 yilning o‘tgan 6 oyi davomida avtoraqam.uzex.uz veb-saytidagi onlayn-auksionlar orqali 139,1 mlrd so‘mlik 70 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqam sotildi.

Respublika tovar-xomashyo birjasi mazkur avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2020 yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha 50,6 foizga o‘sganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati 441,5 mln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Avvalroq, 2020 yilda 262,6 mlrd so‘mlik 106 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgani xabar qilingandi. 2019 yilda esa 36 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotilgan bo‘lib, raqamlar savdosining umumiy summasi 156,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgandi

Mavzuga oid