Sport | 15:57 / 13.07.2021
22525
11 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2020 yakunlari. Kim tezroq, chidamliroq va aniqroq?

Italiya qancha mablag‘ ishlab oldi va kim hammadan ko‘proq uzatma berdi - Yevropa chempionatining asosiy raqamlari.

Yevro-2020 yakunlandi. Endi bir oy davom etgan bu bayram sarhisobini qilsa bo‘ladi.

0 mag‘lubiyat
Italiya Yevro-2020 g‘olibligiga qadar biror o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. Turnir final bosqichidagi barcha yetti o‘yinda italyanlar g‘alabani nishonlashdi.

Foto: CLAUDIO VILLA/GETTY IMAGES

Chempionlar bo‘yicha qisqacha statistika:

  • Qatorasiga ikki penaltilar seriyasida g‘alabaga erishildi. Yarimfinalda ispanlar, finalda – inglizlar futbol lotereyasida italiyaliklardan ko‘ra omadsizroq chiqishdi.
  • O‘yinlarning asosiy bo‘limlarida italyanlar uch gol o‘tkazishdi va 11 gol urishdi.
  • Penaltilar seriyasi hisobga olinmasa, italyanlar o‘yinlarning asosiy vaqtida biror marta ham 11 metrlik zarbani ijro etishmadi.
  • Italiya o‘z tarixida ikkinchi bor Yevro g‘olibi bo‘lishdi.
  • Italiya mag‘lubiyatsiz seriyasini 34 o‘yinga yetkazib qo‘ydi. Jahon rekordi uchun yana bir o‘yinda mag‘lub bo‘lmaslik kifoya qiladi.
  • Bonuchchi – Yevro finallarida gol urgan «eng keksa» futbolchi. U Angliya darvozasiga hisobni tenglashtiruvchi golni urganida 34 yoshu 71 kunlik edi.
  • Jorjino bir mavsumda ham Yevropa chempionatida va ham Yevropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishga erishgan 10-futbolchi bo‘ldi.

Aldab o‘tib bo‘lmas futbolchilar

Jorjo Kellini — Leonardo Bonuchchi juftligi biror vaziyatda raqibga birga bir vaziyatda o‘zini aldab o‘tishiga ruxsat bermagan. Ular biror marta italiyaliklar darvozasiga zarba berilishiga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘yishmagan.

5ta quruq o‘yin

Foto: FRANK AUGSTEIN — POOL/GETTY IMAGE

Yevro davomida Angliya posboni Jordan Pikford shuncha o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan. U Yevropa chempionatida quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yaqqol yetakchi bo‘ldi. Angliyaliklar turnir davomida jami ikki gol o‘tkazib yuborishdi — Daniyaga qarshi yarimfinal o‘yinida jarima zarbasidan va finalda Italiya burchakdan zarba ijro etganida.

Pikford darvozasi daxlsizligini uzoq vaqt saqlab turish bo‘yicha Gordon Benksga tegishli bo‘lgan va 55 yil mobaynida saqlanib turgan rekordni ham yangiladi. Pikford 721 daqiqada gol o‘tkazmadi, Benksning natijasi — 720 edi. InStat ma'lumotiga ko‘ra, Pikford darvoza sohasiga yo‘naltirilgan zarbalarni bartaraf etish bo‘yicha ham yetakchi — 90 foiz.

34 mln yevro
Italiya Yevro-2020dagi va g‘oliblik evaziga shuncha mablag‘ ishlab oldi. 9,25 mln yevro — ishtirok uchun; 4,5 mln — guruh bosqichidagi uch g‘alaba uchun, 2 mln — 1/8 finalga chiqqanlik uchun. Chorakfinalga chiqish — yana 3,25 mln yevro keltirdi, yarimfinal yo‘llanmasi — 5 mln yevro. Finaldagi ishtirok evaziga italyanlar g‘aznasiga yana 7 mln yevro, g‘alaba uchun esa — 3 mln yevro qo‘shildi.

9ta xato zarba

Foto: JUSTIN SETTERFIELD/GETTY IMAGES

Ispaniya termasi hujumchisi Jyerar Moreno va fransiyalik Kilian Mbappe shuncha martadan xato zarba yo‘llagan — InStat ma'lumoti. Moreno Yevroni yarimfinalda tark etdi. Mbappe esa ishtirokini 1/8 finalda to‘xtatdi va u kamroq o‘yinda shuncha xato zarba berdi, Shveytsariyaga qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida gol ura olmadi. 

652 uzatma
Ispaniyalik himoyachi Emerik Lyaport Yevro-2020dagi eng ko‘p uzatma bergan futbolchiga aylandi. U Ispaniya safida faqat shu Yevropa chempionatida debyut qildi: Fransiyada tug‘ilgan bu futbolchi terma jamoaga chaqiruv kutishdan zerikdi va Ispaniyaga murojaat qilib (unda basklar qoni ham bor), ushbu mamlakat fuqaroligini oldi.

20 zarba
Ispaniyaning yana bir vakili Dani Olmo Yevroda eng ko‘p zarba bergan futbolchi bo‘ldi. Undan keyin Lorenso Insine (19) va Chiro Immobile — ularning ikkisi ham Yevro finalida qatnashdi va bir bo‘lib 6 zarba berishdi (5+1), lekin biror zarba darvoza sohasiga aniq bormadi.

Sheriklar uchun yaratilgan 11 vaziyat 
Yana Ispaniya, yana Dani Olmo va Jordi Alba. Ular bu borada yetakchi. Ular turnir davomida to‘rt bor golli uzatma muallifiga aylanishgan.

Volkswagen Mobility xizmati ham kim Yevropa chempionatidagi eng tezkor va chopag‘on bo‘lgani, kim ko‘proq hujumlar boshlagani va raqibni aldab o‘tgani bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etdi.

Eng ko‘p yugurganlar 

86,61: Jorjino (Italiya)
82,99: Kelvin Fillips (Angliya)
76,14: Pedri (Ispaniya)
74.33: Harri Keyn (Angliya)
68.35: Rahim Sterling (Angliya)

Darvozabonlarni hisobga olmaganda, Jorjino Yevro-2020 o‘yinlarida eng ko‘p vaqt o‘ynagan maydon futbolchisi bo‘ldi va barchadan ko‘proq kilometr bosib o‘tdi. Shuningdek, turnirning eng yorqin futbolchilaridan biri bo‘lgan 18 yoshli Pedrini ham e'tirof etish mumkin. U Ispaniya yarimfinalda ishtirokini to‘xtatguniga qadar bu borada yaqqol yetakchi bo‘lib turgandi.

To‘p jamoasida bo‘lganida ham ko‘p yugurgan futbolchilar

38,23: Pedri (Ispaniya)
33,12: Jorjino (Italiya)
31,21: Koke (Ispaniya)
30,98: Kelvin Fillips (Angliya)
30,91: Emerik Lyaport (Ispaniya)

Statistika yana bir bor to‘pga egalik qilish borasida ispanlarning tengi yo‘q ekanini ko‘rsatmoqda. To‘p o‘z jamoasida ekanida eng ko‘p masofa bosib o‘tgan futbolchilar beshligida Ispaniyadan uch vakil bor, holbuki ular finalchilar Angliya va Italiyadan ko‘ra kamroq o‘yin o‘tkazishgan. Jorjino Italiyadagi jamoadoshi, ro‘yxatda 11-o‘rinni egallagan Lorenso Insinedan 7,73 km ko‘proq masofa bosib o‘tgan.

Maksimal tezlik (km/s)

33,8: Loik Nego (Vengriya)
33,8: Leonardo Spinatssola (Italiya)
33,7: Kingsli Koman (Fransiya)
33,6: Kodi Gakpo (Niderlandiya)
33,5: Deniel Jyeyms (Uels)
33,5: Markus Reshford (Angliya)

Tezlik bo‘yicha eng yaxshi natija Vengriya termasi o‘ng qanot himoyachisi Loiku Nego hamda Italiyaning chorakfinalda jarohat olgan chap qanot himoyachisi Leonardo Spinatssolaga tegishli bo‘ldi. Agar bu ishtirokchilar yuz metrlik masofada poygalashganida, g‘olibni foto-finish orqali aniqlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Umuman olganda, 13 futbolchi soatiga 33 km tezlikdan oshgan. Finalda italiyalik Federiko Keza (31,7 km/s) va angliyalik Kayl Uoker (31,3 km/s) eng yaxshi ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Irg‘ib oldinga tashlanishlar

298: Rahim Sterling (Angliya)
277: Yoakim Mehle (Daniya)
276: Jovanni Di Lorenso (Italiya)
266: Kelvin Fillips (Angliya)
254: Chiro Immobile (Italiya)

Sterlingning 298ta shunday harakatidan 63tasi yarimfinal o‘yiniga to‘g‘ri keladi - bu shu bosqichdagi barchadan yaxshiroq, finalda esa 50 marta irg‘ib oldinga tashlanishni amalga oshirdi. «Atalanta» himoyachisi Yoahim Mehle ham turnirdagi ishtiroki bilan o‘z reytingini ko‘tarib oldi. Final o‘yinidan oldin unda bu boradagi ko‘rsatkich Sterlingdan 29taga yaxshiroq edi. Finalda bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkichni italiyalik Emerson (65) qayd etgan, u bu borada ikkinchi o‘rindagi Meyson Mauntdan 13 martaga ko‘p shunday harakatni amalga oshirgan.

Muhim uzatmalar

31: Pedri (Ispaniya)
19: Koke (Ispaniya)
19: Jordi Alba (Ispaniya)
19: Lorenso Insine (Italiya)
18: Emil Forsberg (Shvetsiya)

Keskir uzatmalar Pedrining ko‘pdan ko‘p fazilatlaridan biridir. Ispanlar jamoasidagi ko‘plab tajribali jamoadoshlari ham bu borada u bilan bellasha olishmadi. Finalchilar orasida Italiya termasi hujumchisi Lorenso Insine eng yaxshi natijani ko‘rsatdi, lekin Nikolo Barella (16), Marko Verratti (15), Meyson Maunt (16) va Lyuk Shou (12) ham u qadar ortda qolishmadi.

Muvaffaqiyatli aldab o‘tishlar

22: Rahim Sterling (Angliya)
15: Federiko Keza (Italiya)
13: Martin Breytveyt (Daniya)
11: Andrey Yarmolenko (Ukraina)
10: Kilian Mbappe (Fransiya)

Angliya termasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand BBC bilan suhbatda Sterling to‘pni olgach raqiblarni «sarosimaga solib xaos boshlash»ni istashi haqida gapirgandi. Statistika ham «Manchester Siti» hujumchisi raqibni aldab o‘tishda ikkilanmasligini ko‘rsatadi. U yarimfinalda Daniya futbolchilarini to‘qqiz bor aldab o‘tgan (1/2 finaldagi istalgan driblingchi futbolchidan ikki barobar ko‘proq). Finalda bu borada eng yaxshisi Keza bo‘ldi, Angliya safida esa kutilmaganda tayanch yarimhimoyachisi Deklan Rays raqiblarni birin-ketin aldashga kirishdi.

Raqib jarima maydoniga aniq uzatmalar

12: Endi Roberson (Shotlandiya)
11: Devid Alaba (Avstriya)
11: Rikardo Rodriges (Shveytsariya)
11: Deniel Jyeyms (Uels)
10: Koke (Ispaniya)

Shotlandiya termasi pley-offga chiqa olmadi, ammo ularni yomon ishtirok etdi deyish qiyin. Endi Roberson uch o‘yinda turnirdagi eng yaxshi natijani qayd etgan - uning krosslaridan 12tasi jamoadoshlariga aniq yetib borgan. Finalchilar borasida Shou va Maunt - angliyaliklar safida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega (mos ravishda to‘qqiz va sakkiztadan), Spinatssola va Insine esa italyanlar orasida, qisqa paslar berish va o‘zlari yorib kirishga odatlangan bu futbolchilar olti martadan jarima maydoniga to‘p uzatishgan.

Maydonning uchinchi qismidagi yakka yurishlar

27: Pedri (Ispaniya)
25: Marko Verratti (Italiya)
19: Rahim Sterling (Angliya)
18: Markos Lorente (Ispaniya)
17: Lyuk Shou (Angliya)

Pedri yana bir marta raqiblarni jiddiy farq bilan ortda qoldirdi, faqat undan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan Veratti finalda poyezddek harakat qilib, hujumda 13 bor yurishni amalga oshirdi va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Pedriga yaqinlashib oldi. Overtaymda uning Manuel Lokatelliga almashtirilgani bejiz emas - u bunday harakatlar vaqtida ko‘p kuch sarfladi. Masalan, finalda bu boradagi ikkinchi natijani Lyuk Shou qayd etdi - u besh marta yolg‘iz o‘zi to‘p bilan oldinga bordi.

Raqib jarima maydoniga yorib kirishlar

16: Lorenso Insine (Italiya)
15: Rahim Sterling (Angliya)
13: Kilian Mbappe (Fransiya)
12: Yoahim Mehle (Daniya)
11: Leonardo Spinatssola (Italiya)
11: Federiko Keza (Italiya)

Bu borada turnirda eng yuqori natijani Insine qayd etdi. Yarimfinalda Daniyaga qarshi o‘yinda olti marta raqib jarima maydoniga yorib kirgan Sterling yakuniy reytingda ikkinchi bo‘ldi.

Mavzuga oid