Jahon | 23:11 / 14.07.2021
4510
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya parlamenti saylovlarida teleboshlovchi partiyasi g‘alaba qozondi

Bolgariyada 11 iyulda muddatdan oldin o‘tgan parlament saylovlarida teleboshlovchi va qo‘shiqchi Slava Trifonovning “Shunday xalq bor” partiyasi g‘alaba qozondi.

Foto: Axios

Ma'lumotlarga ko‘ra, Trifonovning partiyasi byulletenlarning 100 foizi hisob-kitob qilingandan keyin 24,08 foiz (657824 ming) ovoz to‘plagani ma'lum bo‘lgan.

2-o‘rinni sobiq bosh vazir Boyko Borisovning GeRB-SDS partiyasi (Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi uchun – Demokratik kuchlar partiyasi) 23,51 foiz ovoz bilan egallagan.

Keyingi o‘rinlarni 13,39 foiz ovoz bilan Bolgariya sotsialistik partiyasi, 12,64 foiz ovoz bilan “Demokratik Bolgariya”, 10,71 foiz ovoz bilan “Erkinlik va ozodlik harakati” va 5,01 foiz ovoz bilan “O‘rningdan tur! Mafiya yo‘qolsin!” partiyasi egallagan.

Parlamentdagi mandatlar taqsimlanishida Trifonov partiyasi 62 o‘rin, GERB esa 61 o‘rin olishi kutilmoqda. Saylovlar natijalari va parlamentdagi o‘rinlar taqsimlanishi bo‘yicha yakuniy ma'lumotlar 16 iyulgacha e'lon qilinadi. 

May oyida Bolgariya prezidenti Rumen Radev parlamentni tarqatib yuborib, yangi saylovlar o‘tkazilishini e'lon qilgandi. Bunday qaror deputatlar hukumatni shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagandan keyin qabul qilingan.

Aprelda o‘tgan saylovlarda Boyko Borisovning GeRB partiyasi g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid