Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Avvalroq Bolsonaru implant tishlar qo‘ydirganidan keyin to‘xtovsiz hiqichoq tutayotganidan shikoyat qilgan.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru shifoxonaga yotqizildi. Mamlakat prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, u 14 iyul kuni qornida og‘riq turishidan shikoyat qilganidan so‘ng Braziliya poytaxtidagi harbiy hospitalga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, prezident ma'muriyati shifokorlari "hiqichoq sababini aniqlash" maqsadida uni shifoxonaga yotqizishga qaror qilgan.
Avvalroq Bolsonaru implant tishlar qo‘ydirganidan keyin to‘xtovsiz hiqichoq tutayotganidan shikoyat qilgan.
Bolsonaruning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar saylovoldi kampaniyasi davrida boshlangandi. 2018 yil kuzida tarafdorlari oldida chiqish qilayotgan vaqtida unga noma'lum shaxs hujum qilgan va qorniga pichoq tortgandi. O‘shanda Bolsonaru birinchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, undan keyin yana uch marta jarrohlik stoliga yotgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025