Pokiston bosh vaziri Toshkentga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Imron Xon bugun ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Pokiston bosh vaziri sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkillashtirildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, dastlab an'anaga ko‘ra davlatlar madhiyalari tinglandi. Shundan so‘ng tanishtiruv marosimi o‘tkazildi va davlat rahbarlari yakkama-yakka muzokaralarga yo‘l oldilar. Kun davomida kengaytirilgan tartibda yig‘ilish va matbuot anjumani ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda oliy darajadagi O‘zbekiston-Pokiston muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Pokiston bosh vaziri 16 iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024