Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlari tashkil qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Buxoro viloyatida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror bilan Peshko‘ va Qorovulbozor tumanlari hududida 100 gektardan jami 200 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalarini ajratish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlari tashkil qilish va ularni «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda qarorda bir qator tegishli vazirlik, qo‘mita va tashkilotlarga uch oy muddatda mazkur klasterlarning tashqi transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish vazifasi yuklatilgan.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarining bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» IK» DUK buyurtmachi etib belgilangan.
Shuningdek, qaror bilan viloyatda auksion savdolariga chiqariladigan kon uchastkalari ro‘yxati, 2021-2023 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Qaror muhokamasi bugun, 16 iyul kuni yakunlanadi.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024