Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning keyingi bosh kotibi ayol kishi bo‘lishi mumkin
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning vorisi sharqiy yevropalik 3 ayol siyosatchidan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Stoltenbergning vakolatlari muddati 2022 yil 30 sentyabrda yakunlanadi. Nashrning ta'kidlashicha, uning vorisi bo‘yicha muhokamalar NATO bosh qarorgohida boshlangan.
NATOning keyingi bosh kotibi Xorvatiya va Litvaning sobiq prezidentlari Kolinda Grabar-Kitarovich va Dalya Gribauskayte yoki Estoniyaning amaldagi rahbari Kersti Kalyulayd bo‘lishi mumkin. Ulardan biri 2022 yil bahori yoki yozida NATOning 14-rahbari lavozimiga nomzod sifatida taqdim qilinishi mumkin.
Avvalroq NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Bryusselda alyansda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan islohotlarni muhokama qilishgan. Ikki kunlik uchrashuv davomida “NATO-2030: yangi davrdagi birdamlik” deb nomlangan hisobot taqdim qilingan. Onlayn tarzda o‘tgan uchrashuvda, shuningdek, NATOni kelajakdagi tahdidlarga tayyorlash hamda Rossiya va Afg‘onistondagi vaziyat mavzulari ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025