Taom yetkazib berish xizmatlariga ham cheklov qo‘yilmoqda
Soat 8:00dan 20:00gacha ishlab kelayotgan kafe va restoranlarga 20 iyuldan boshlab faqat ochiq sahnda ishlash talabi qo‘yilgandi. Endilikda ularning taom yetkazib berish xizmati vaqti ham 8:00dan 23:00gacha deb cheklanmoqda.
20 iyuldan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Umumiy ovqatlanish obektlari 28 iyundan buyon soat 08:00dan 20:00gacha faoliyat yuritmoqda.
Ikki kun oldingi qarorga ko‘ra, ularga 20 iyuldan boshlab endi faqat ochiq maydonlarda ishlash talabi qo‘yilgandi. Bugun ma'lum bo‘lishicha, bu talab mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelarga taalluqli emas.
Ta'kidlash kerak, Maxsus komissiya qarorlari yo‘l-yo‘lakay va pala-partish qabul qilinayotgandek taassurot uyg‘otadi. Tuzilganiga bir yarim yil bo‘lgan keng vakolatli organning rasmiy sayti ham, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari ham yo‘q. Komissiya qabul qilayotgan qarorlar yagona va rasmiy platformaga birlashtirilmagan.
Koronavirus tarqalishi tezlashayotgani tufayli, shuningdek:
— 20 iyuldagi Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi;
— juma namozlari vaqtincha to‘xtatildi;
— 20 iyuldan boshlab yopiq binolarda o‘tadigan to‘ylar va boshqa oilaviy tadbirlarga 50 kishilik cheklov qo‘yildi.
— litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi;
— 14 xil toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart deb belgilandi;
— 6 iyuldan boshlab mamlakatda ommaviy tadbirlar, xususan konsert, teatr va kino tomoshalari to‘xtatilgan, sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin;
— 23 iyundan boshlab, avtobus haydovchilari va metro kuzatuvchilari niqobsiz shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmasligi kerak.
Mavzuga oid
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
12:48 / 21.10.2024
“700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 75 foizida taomnoma o‘zbek tilida emas” – Raqobat qo‘mitasi
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024