Tixanovskaya Vashingtonda AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi
Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tixanovskaya uchrashuv davomida AQShni Belarus mustaqil ommaviy axborot vositalari uchun yordam paketi qabul qilishga, fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashga, amaldagi tuzumga nisbatan iqtisodiy bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Uchrashuvda AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland va davlat departamenti maslahatchisi Derek Sholle ham ishtirok etgan. Muzokaralar bir soatga yaqin davom etgan.
“Tixanovskaya AQShni Rossiya Belarusdagi inqirozni hal qilishda muhim rol o‘ynashi mumkinligi haqida Moskvaga ishora berishga chaqirgan. Shunda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko Belarus suvereniteti va butun mintaqa xavfsizligini shubha ostiga qo‘ymaydi”, deb aytilgan Tixanovskaya matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, uchrashuv davomida Ryanair samolyotining Minskda qo‘ndirilishi, Litvaga noqonuniy migratsiya, “Belarusdagi fuqarolik jamiyati va OAVga hujumlar” muhokama qilingan.
Davlat departamenti AQSh Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishdan mamnun bo‘lishini ma'lum qilgan. “Belarusdagi repressiyalar, rejim tomonidan ta'qib qilishlar va Lukashenko rejimi qabul qilishi kerak bo‘lgan qadamlar muhokama qilindi”, deb qo‘shimcha qilgan davlat departamenti vakili Ned Prays.
Tixanovskaya 18 iyulda Vashingtonga keldi. Avvalroq u AQSh prezidenti Jo Bayden va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashmoqchiligini ma'lum qilgan.
Tixanovskaya Vashingtonda vatandoshlar bilan uchrashuvi davomida Belarus prezidenti saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
21:45 / 22.10.2024
Bayrutdagi shifoxonaga zarba berildi, Blinken yana Yaqin Sharqda
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
09:59 / 12.09.2024