Fan-texnika | 20:35 / 22.07.2021
44175
1 daqiqa o‘qiladi

LG mikrofon va karnayli himoya niqobini ishlab chiqdi

LG kompaniyasi mikrofon va karnayli himoya niqobi PuriCare Wearable’ni ishlab chiqdi.

Foto: LG Electronics

Niqobning seriyali ishlab chiqariluvchi variantida LG Dual ventilyatorlarini harakatga keltiruvchi elektromotor o‘rnatiladi. Ventilyatorlar ishlashi unumdorligi foydalanuvchining nafas olishi jadalligiga bog‘liq bo‘ladi.

Niqob yuzga zich yopishib turadi, undagi VoiceON texnologiyasi evaziga suhbat vaqtida ovozni balandlatishga hojat bo‘lmaydi. Tizim foydalanuvchi suhbatlashishni boshlaganini avtomatik ravishda aniqlab, mikrofon va karnaylar yordamida uning ovozini atrofdagilar eshitadigan darajada kuchaytiradi.   

Niqobning og‘irligi 94 grammni tashkil qilib, qayta quvvatlanishsiz 8 soatgacha ishlashni ta'minlovchi 1000 mA·soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Niqob batareyasi to‘liq quvvatlanishi 2 soat vaqt oladi. LG PuriCare Wearable birinchi bo‘lib avgustda Tailandda, keyin esa qolgan davlatlarda tegishli sertifikatlashdan o‘tgandan so‘ng sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid