Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madagaskar prezidentiga suiqasdning oldi olindi
Mamlakat bosh prokurori Bertin Razafiarivunining so‘zlariga ko‘ra, bir necha nafar "xorijlik va malagasliklar davlatga qarshi jinoyat"da ayblanib, hibsga olingan.
Madagaskar prezidenti Andri Radzuelinaga nisbatan tayyorlangan suiqasdning oldi olindi, deb xabar berdi Radio France International.
Mamlakat bosh prokurori Bertin Razafiarivunining so‘zlariga ko‘ra, bir necha nafar "xorijlik va malagasliklar davlatga qarshi jinoyat"da ayblanib, hibsga olingan.
Xabarda aytilishicha, qo‘lga olingan xorijliklar - frank-malagaslik Pol Rafanoxarana va fransiyalik Filipp Fransua "yirik siyosiy arboblar", jumladan, prezidentni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgan.
Bosh prokurorning ma'lumot berishicha, hammasi bo‘lib olti kishi hibsga olingan.
Radzuelinaga nisbatan 10 yil avval suiqasd uyushtirilgandi. O‘shanda uning avtomobili ostiga o‘rnatilgan bomba portlagan, prezident jabrlanmagandi.
Mavzuga oid
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
17:12 / 11.02.2025
Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi
09:13 / 09.02.2025
Tramp AQSh Maxfiy xizmatidan o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar haqida ma’lumot so‘radi
23:17 / 28.01.2025