O‘zbekiston | 15:37 / 22.07.2021
4345
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘ng‘irotda 18 yoshli yigit o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

21 iyul kuni soat 18:00 larda Qo‘ng‘irot tumani Nurmuhammedov ko‘chasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan K. A. o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 18 yoshli yigit tumandagi Tarakli mahallasi hududidan o‘tuvchi temiryo‘l ko‘prigi ustiga chiqqan. Shundan so‘ng u ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘layotgan paytda shu hududga biriktirilgan profilaktika inspektori, leytenant I. Jamalov tomonidan qutqarib qolingan.

Shundan so‘ng K. A. bilan psixiatr ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, ota-onasiga topshirilgan. Hozirgi paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qo‘ng‘irotda suv quvurini noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lgan 3 kishini tuproq bosib qolgandi.

Mavzuga oid