Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning ikki viloyatida suv tanqisligi sabab norozilik namoyishlari boshlandi
Suv tanqisligi qurg‘oqchilik oqibatida kelib chiqqan. Namoyishlar chog‘ida sakkiz kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Eronning Luriston va Huziston viloyatlarida suv tanqisligi sababli noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Al Jazira» telekanali Amnesty International ma'lumotlariga asoslanib.
Suv tanqisligi qurg‘oqchilik oqibatida kelib chiqqan. Xabar qilinishicha, namoyishlar chog‘ida sakkiz kishi halok bo‘lgan.
«Amnesty tasdiqlagan videolavhalar va voqea joyidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun avtomatik qurollar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan», — deyiladi xabarda.
Human Righs Watch ma'lumotiga qaraganda, 15 iyul kuni Huziston viloyatining o‘nlab shaharlarida suv tanqisligi sababli namoyishlar bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025