Jamiyat | 11:46 / 23.07.2021
10361
1 daqiqa o‘qiladi

Oyshaxon endi oramizda yo‘q – oqqon yana bir go‘dakni qurbon qildi

Kun.uz saytida oqqon kasalligiga chalingan Oyshaxon Sharobiddinova haqida lavha tayyorlagan va saxovatli insonlardan yordam so‘ragan edik. Afsuski Oyshaxonning umri qisqa ekan.

Andijonlik 12 yoshli Oyshaxon Sharobiddinovaga shifokorlar o‘tkir leykoz kasalligi tashxisini qo‘yishgan, uzoq muddat davolashgan edi. Toshkentdagi gematologiya markazida buvisi bilan ham ancha vaqt muolajalar oldi. Ammo kasallik qator asoratlar qoldirdi va Oyshaxonning yosh umriga zomin bo‘ldi – 22 iyul kuni qizgina vafot etdi. 

Kun.uz ijodiy jamoasi hur ketgan qizaloqning yaqinlariga sabr tilaydi va hamdardlik bildiradi.