Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Yevropa ittifoqi bayrog‘ini Olimpiada ochilishida olib o‘tishga ruxsat bermadi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Yevropa ittifoqi bayrog‘ini Tokio Olimpiadasi ochilishida olib o‘tishga ruxsat bermadi. Olimpiada ochilishi marosimi bugun, 23 iyulda bo‘lib o‘tadi.
Politico nashrining xabar berishicha, Yevropa ittifoqi vakillari Olimpiada tashkilotchilaridan O‘yinlar ochilishi marosimida Sloveniya terma jamoasiga o‘z bayrog‘i bilan birga YeI bayrog‘ini ham olib o‘tishga ruxsat berishni so‘rashgan. Biroq ularning bu iltimosiga rad javobi berilgan. Sloveniya ayni vaqtda YeIda raislik qilmoqda va aynan shu sababli ushbu davlat terma jamoasi YeI bayrog‘ini olib o‘tishi mumkinligi g‘oyasi paydo bo‘lgan.
“Olimpiya jamoasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va XOQ tomonidan ma'qullangan faqat bitta bayroq, bitta emblema va bitta madhiyani qo‘llashi mumkin”, deb aytgan XOQ vakili.
XOQga YeI bayrog‘ini olib o‘tish taklifi bildirilgan maktubni Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Margaritis Sxinas va Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha yo‘llagan. Maktubda Sloveniya tomonidan YeI bayrog‘ining qo‘llanishi mamlakatni “Yevropa birdamligi va YeI tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi hamda XOQ qadriyatlariga mos tushuvchi qadriyatlar vakili” qilishi aytilgan.
Bunga javoban XOQ Olimpiadada barcha sportchilar ochilish marosimida qanday bayroqlarga ega bo‘lishlaridan qat'i nazar, YeI va Olimpiadaning umumiy qadriyatlarini ilgari surishlarini ta'kidlab o‘tgan.
Olimpiada ochilish marosimi 23 iyulda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga 15ta davlat va xalqaro tashkilotlar yetakchilari tashrif buyurishi kutilmoqda. Yaponiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat sababli Tokiodagi sport obektlarida o‘tuvchi musobaqalarga muxlislarni qo‘ymaslikka qaror qildi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi
23:37 / 20.03.2025