Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada soxta kadastr xodimi qo‘lga tushdi
Farg‘onada fuqaroning savdo do‘koni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va'da qilgan soxta xodim ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, tadbir davomida fuqaro O. A. boshqa bir fuqaro O.ga go‘yoki o‘zini Uchko‘prik tumani “Yer resurslari va davlat kadastri” bo‘limi mutaxassisi deb tanishtirib, shu yo‘l bilan uning ishonchiga kirib, yaqin qarindoshiga tegishli savdo do‘koni bo‘yicha mulkka egalik huquqini tiklashga tanishlari orqali yordamlashishi hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025