Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya parlamenti 7 oylik tanaffusdan keyin o‘z ishini qayta boshladi
Malayziyada koronavirus bilan bog‘liq holda kiritilgan favqulodda holat rejimi sababli 7 oy ishlamagan mamlakat parlamenti yana o‘z ishini qayta boshladi.
Bundan tashqari, deputatlar bilan maslahatlashmasdan, hukumat qarorlari orqali mamlakatni boshqarish imkonini bergan favqulodda holat rejimini 1 avgustdan keyin uzaytirmaslikka qaror qilingan.
Bu orada mamlakat muxolifatida ta'kidlanishicha, favqulodda holat rejimi aslida bosh vazir Muhiddin Yasin hukumati mamlakatni boshqarishni davom ettira olishi uchun kiritilgan.
Malayziyaning sobiq bosh vaziri Maxatxir Muhammad Yasinni iste'foga ketishga chaqirgan. Uning fikricha, 2020 yil martida shakllantirilgan hukumat mamlakatni boshqarishda, jumladan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Ayni vaqtda mamlakatda 1 iyunda kiritilgan umummilliy karantinga qaramay, koronavirusga chalinish holatlari va o‘limlar soni oshib bormoqda.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025