Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minskda Ryanair samolyotini majburan qo‘ndirgan aviadispetcher g‘oyib bo‘ldi – OAV
U 10 yildan ortiq vaqtdan buyon "Belaeronavigatsiya"da ishlab kelayotgandi. Galegov iyul boshlarida mehnat ta'tilidan qaytishi kerak edi, ammo u ish joyiga qaytib kelmagan.
Bortida Nexta Telegram-kanali muharriri Roman Protasevich bo‘lgan samolyotni qo‘ndirgan Minsk aeroporti aviadispetcheri Oleg Galegov g‘oyib bo‘ldi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, u oilasi bilan Belarusni tark etgan, deb yozmoqda "Nasha niva" nashri.
U 10 yildan ortiq vaqtdan buyon "Belaeronavigatsiya"da ishlab kelayotgandi. Galegov iyul boshlarida mehnat ta'tilidan qaytishi kerak edi, ammo u ish joyiga qaytib kelmagan.
Nashrning ma'lumot berishicha, Galegov bilan aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan. U barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib tashlagan, dispetcherning xotini ham shunday qilgan.
Nashr suhbatdoshlari, dispetcher yoshligi o‘tgan Gruziyaga ketganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Ryanair’ning Afinadan Vilnyusga reysni amalga oshirgan samolyoti Minskda majburan qo‘ndirilgandi. Unda uchgan belaruslik muxolifatchi jurnalist Roman Protasevich qo‘lga olingan. Qayd etilishicha, uchuvchilar bilan muloqotni aynan Oleg Galegov olib borgan.
Ushbu hodisa xalqaro mojaro keltirib chiqardi. Bir qator davlatlar bunda Belarusni ayblab, u bilan aviaaloqani to‘xtatishga va respublika aviakompaniyalariga o‘z hududlari ustidan uchishni taqiqlashga qaror qildi.
Mavzuga oid
10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
08:01 / 20.07.2022
ICAO Belarusni Ryanair samolyotidagi bomba haqidagi yolg‘on uchun qoraladi
08:53 / 06.06.2022